Talabalar o‘qishini ko‘chirishning yangi tartibi joriy qilinadi
Prezident “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

2021 yil 15 iyuldan boshlab talabalar o‘qishini ko‘chirishning quyidagi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:
a) talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta'lim tashkilotlaridan O‘zbekiston davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
- talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta'lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladi;
- test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25 iyulga qadar, keyinchalik har yili 15 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda tizimida oliy ta'lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi;
- o‘tish ballidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
- test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markazi hamda oliy ta'lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilinadi;
- b) talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim tashkilotlaridan O‘zbekiston davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi;
v) talabalar o‘qishini O‘zbekistonning bir hududida joylashgan davlat oliy ta'lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirishda:
- o‘qishni mos va turdosh ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga uzrli sabablar mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi. Bunda, o‘qishni ko‘chirish so‘ralayotgan hududda mos va turdosh ta'lim yo‘nalishi mavjud bo‘lmaganda, o‘qishni mazkur hududdagi oliy ta'lim muassasasining boshqa ta'lim yo‘nalishiga ko‘chirishga ruxsat etiladi;
- talabaning respublika bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun ko‘chib o‘tishi, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasining mehnat faoliyatini amalga oshirish joyi boshqa hududga o‘zgartirilishi, nikoh tuzgandan keyin turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududga ko‘chib o‘tishi uzrli sabablar etib tan olinadi;
- talabalarning o‘qishini uzrli sabablar mavjud bo‘lmagan holatlarda, shuningdek, mos va turdosh bo‘lmagan ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta'lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi (mazkur kichik bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno);
g) talabalar o‘qishini O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan:
- O‘zbekiston davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda;
- O‘zbekiston davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta'lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi;
d) sport musobaqalari g‘olibi sifatida imtiyoz bilan oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan hamda kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta'lim shaklidagi mos va turdosh ta'lim yo‘nalishiga (sirtqi ta'lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat granti asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bu hafta bizni may uchun rekord issiq kutmoqda - Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 18:42
-
Xalqaro jinoiy sud orderi bilan hibsga olingan Filippin sobiq prezidenti mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 18:35
-
Deportatsiya qilingan fuqarolarini qaytarish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 18:09
-
O‘zbekistonlik 14 nafar faxriyning hayotiga oid «Xotira nuri» kitobi taqdim etildi
O‘zbekiston | 18:00
Mavzuga oid

12:24 / 18.02.2025
OTM bitiruvchilarini ishga joylashishiga ko‘maklashuvchi dastur amalga oshiriladi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

13:44 / 11.02.2025
OTMda texnika va tibbiyot yo‘nalishlari kvotalari 25 ming o‘ringa yetkaziladi

09:04 / 10.02.2025