08:01 / 28.07.2021
7050

Bosh vazirning moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 425-son qarori qabul qilindi, ushbu qaror bilan prezidentning «Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq qator nizomlar tasdiqlandi.

Ular:

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom;
  • Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati to‘g‘risidagi nizom.

Bosh vazir o‘rinbosari Prezidentga, Oliy Majlis palatalariga va Bosh vazirga hisobot beradi. Bosh vazir o‘rinbosari maqomiga ko‘ra Hukumatning a'zosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiritiladi hamda ularning majlislarida bevosita ishtirok etadi.

Bosh vazir o‘rinbosariga viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari bo‘ysunadi.

Nizomda (1) Bosh vazir o‘rinbosarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari belgilangan. Shuningdek Bosh vazir o‘rinbosarining huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan.

Makroiqtisodiy tahlil, tarkibiy o‘zgartirishlar, moliya-bank tizimi, davlat aktivlarini boshqarish, raqobatni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Kotibiyat o‘z faoliyatini Bosh vazir rahbarligida amalga oshiradi.

Nizomda (2) quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Kotibiyatning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari;
  • Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi;
  • Kotibiyatning tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish tartibi.
Mavzuga oid
Top