08:07 / 29.07.2021
4619

Vazirlar Mahkamasining harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘limi vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlash bo‘limi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishini tizimli hamda kompleks o‘rganishni tashkil etish;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlash sohasida O‘zbekiston qonunlari, Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlarini, "yo‘l xaritalari", Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarining bajarilishini tashkil etish hamda nazorat qilish;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlash masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • qurol-aslaha, harbiy (maxsus) texnika va harbiy-texnik mulk bilan jihozlash kompleks dasturlari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, tahlil qilish hamda samaradorligini baholash;
  • harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta'minlash sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflar tayyorlash va boshqalar.

Shuningdek, Nizom bo‘limning tuzilmasi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Mavzuga oid
Top