18:39 / 26.08.2021
14738
Mutaxassis: “Tolibon” minglab harbiy texnikaga ega bo‘ldi
Foto: RIA Novosti

“Tolibon” yuzga yaqin zirhli transport vositalariga, 70 ga yaqin jangovar vertolyotlarga, millionlab o‘qotar qurollarga va ular uchun qariyb milliardga yaqin o‘q-dorilarga ega bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti axborot agentligiga xalqaro politsiya assotsiatsiyasining Rossiya bo‘limi prezidenti Yuriy Jdanov xabar berdi.

“Tolibon harakati Afg‘oniston hokimiyatini qo‘lga olishi bilan Rossiya, sobiq ittifoq hukumati, AQSh, Germaniya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan yuqori darajali harbiy texnikalarga ega bo‘ldi. Biz ishonch bilan ayta olamizki, Tolibonda millionga yaqin o‘qotar qurol bor, ular uchun milliardga yaqin o‘q-dorilar bor va buni bizning chet ellik hamkasblarimiz ham tasdiqlaydi”, dedi Jdanov.

Bundan tashqari, ekspert ta'kidlaganidek, Afg‘oniston armiyasining barcha harbiy texnikasi hozir Tolibonga tegishli.

“Shuningdek, “Tolibon” sovet davridan qolgan yuzdan ziyod Mi-17 va Mi-24 vertolyotlariga ega bo‘ldi. Chet el aviatsiyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, ularda o‘nlab MD 500 Defender harbiy vertolyotlari, bir nechta Hercules transport samolyotlari va 16 ta Black Hawk vertolyotlari bor”, dedi mutaxassis.

Jdanovning qo‘shimcha qilishicha, bu ro‘yxat to‘liq emas, “Tolibon” aslida, yanada ko‘proq haarbiy texnika va qurolga ega bo‘lishi mumkin.

Avgust oyining boshida “Tolibon” Afg‘onistondagi hukumat kuchlariga qarshi hujumini kuchaytirdi. Ularning nazorati ostida bo‘lmagan yagona viloyat Panjshir, Kobulning shimoli-sharqida joylashgan, mamlakatning hududi va aholisi jihatidan eng kichik viloyatlardan biri.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top