10:15 / 26.08.2021
6483

NASA rahbari: AQSh va Xitoy kosmik poyga holatida

AQSh va Xitoy hozirda o‘zaro kosmik poyga holatida. Bu fikrni AQSh aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi (NASA) rahbari Bill Nelson bildirdi, deb yozadi TASS axborot agentligi.

Bill Nelson / Foto: NASA

“Afsuski, biz Xitoy bilan kosmik poyga holatida turibmiz. Men Xitoy AQSh bilan Rossiya kabi sherik bo‘lishini istardim”, dedi Nelson.

Nelsonning ta'kidlashicha, Pekin va Vashington o‘rtasida kosmosda hamkorlik o‘rnatish ehtimoldan yiroq, chunki “Xitoy yopiq mamlakat, kosmik sohada hamkorlik qilish uchun shaffoflik zarur”.

May oyida Nelson Xitoyni kosmik chiqindilar standartlariga javob bermayotganlikda aybladi.

Mavzuga oid
Top