07:58 / 27.08.2021
6015
Toshkent metro bekatlarida barcha aloqa kompaniyalari ishlay boshlaydi

Tez orada Toshkent metro bekatlarida barcha aloqa kompaniyalari va bepul Wi-Fi ishlay boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi va "Toshkent metropoliteni" DUK mutasaddilari ishtirokida AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi. 

Qayd etilishicha, metropolitendagi xizmatlar turlarini ko‘paytirish maqsadida bugungi kunda metropoliten barcha bekatlarida mobil aloqa vositasi (Ucell) va bepul internet tarmog‘i (Wi-Fi) ishlayapti. 

Ma'lum qilinishicha, metropoliten mutaxassislari tomonidan boshqa mobil aloqa operatorlarini jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va eng muhimi tezkor muloqotni yo‘lga qo‘ymoqchi. Buning uchun yaqin kunlarda “Metropoliten - yo‘lovchi” portali ochiladi. Ushbu portal orqali barcha yo‘lovchilar metropoliten faoliyati bo‘yicha taklif va e'tirozlarini bildirishi mumkin bo‘ladi.

Top