Joriy yilning 16 noyabr kuni "Özkomnazorat" Inspeksiyasining Toşkent şahar hududiy bölimi, "EMMM" DUK hamda şahar Içki işlar boş boşqarmasi bilan hamkorlikda poytaxt böylab monitoring tadbirlari ötkazildi. 

Unda Şayxontohur tumani, Ğofur Ğulom köçasida joylaşgan dökonda mobil aloqa kompaniyalari baza stansiyalarining sifatli işlaşiga xalaqit berayotgan mobil kuçaytirgiç (repitor) qurilmasi aniqlangan. 

Özbekiston radioçastotalar böyiça respublika kengaşining "Özbekiston hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuçaytirib beruvçi retranslyator qurilmalaridan foydalaniş töğrisida"gi qaroriga asosan, 500 mVtgaça bölgan quvvatda vosita boşqa radioelektron qurilmalarga radioxalaqit bermasligi va boşqa radioelektron vositasi aralaşuvidan himoyani talab qilmaslik şarti bilan işlatişga ruxsat etilgan. 

Yuqoridagi holatda qurilma mobil aloqa kompaniyalarining sifatli xizmat körsatişiga xalaqit bergani sababli MÇJga qaraşli dökon mas’uliga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy iş hujjatlari rasmiylaştirilib, jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudiga yuborilgan.