Ğazo sektorida mobil aloqa va internet butunlay uzildi, deb xabar berdi Falastinning Paltel telekommunikatsiya kompaniyasi. 

«Afsus bilan ma’lum qilamizki, Ğazo sektoridagi barça aloqa va internet xizmatlari ilgari ulangan xalqaro tarmoq qayta öçirilgani sababli butunlay uzib qöyilgan», — deyiladi Paltel’ning X ijtimoiy tarmoğidagi postida. 

Paltel avvalroq Ğazo sektorida 27 oktyabr kuni Isroil hujumlari natijasida uzilib qolgan aloqa va internet bosqiçma-bosqiç tiklanayotgani haqida xabar bergan edi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. 

Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. 

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8,5 mingdan ortiq falastinlik va 1400 nafar isroillik halok böldi.

Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.

BMT Boş assambleyasi zudlik bilan humanitar otaşkesimga çaqirdi. Şu bilan birga, Iordaniya taklif qilgan rezolyutsiya uçun 120 davlat ovoz berdi. Biroq Isroil bu taklifni rad etdi.