19:42 / 28.08.2021
36676

AQSh Kobuldagi MRB bazasini portlatish yo‘li bilan yo‘q qildi

Eagle Base avanpostida Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari terrorizmga qarshi tayyorgarlik o‘tagan.

AQSh hukumati Markaziy razvedka byurosining Kobul aeroporti tashqarisidagi so‘nggi tayanch punktini portlatish yo‘li bilan yo‘q qildi.

The New York Times gazetasining yozishicha, gap Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari terrorizmga qarshi tayyorgarlik o‘tagan Eagle Base avanposti haqida bormoqda.

Xabarda aytilishicha, portlatish orqali xizmat hujjatlari, kompyuter disklari va boshqa qurilmalar “Tolibon” qo‘liga tushmasligi uchun yo‘q qilingan. 

MRB pudratchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, obektni buzish qiyin ish bo‘lgan.

Baza “Ichiga hech kirolmaydigan tarzda loyihalashtirilgandi”, deb yozadi gazeta. Ma'lumot berilishicha, uning atrofini balandligi 3 metrli devor o‘rab turgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top