Davlat test markazi magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining yakuniy natijalarini e'lon qildi.
DTM axborot xizmati xabar berishicha, imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar tanlov natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
- magistr.dtm.uz sayti orqali - saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;
- mandat.dtm.uz sayti orqali - saytining «Magistratura-2021» bo‘limidan talabgorning ID raqamini kiritgan holda;
- Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (talabgorning ID raqamini yuborgan holda):
4.test natijalari qaydnomasi orqali.
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.