20:15 / 11.09.2021
31284
Tesla’ning yangi modeli tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi

S Plaid yetti daqiqa 30,9 soniya ichida 20,76 kilometr masofani bosib o‘tdi.

Tesla Model S Plaid elektromobili Nyurburgring poyga trassasida elektromobillar orasida tezlik rekordini o‘rnatdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

S Plaid yetti daqiqa 30,9 soniya ichida 20,76 kilometr masofani bosib o‘tdi. Bu bilan u 2019 yilda Porsche Taycan elektromobili o‘rnatgan rekordni 12 soniyaga yangiladi.

Tesla rahbari Ilon Mask rekord qayd etilganini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovda hech qanday modifikatsiya qilinmagan elektromobil ishtirok etgan.

Maskning qo‘shimcha qilishicha, Tesla yaxshilangan aerodinamika, karbon tormozlari va maxsus shinalarga ega yana bir Model S Plaid modelida sinov o‘tkazadi.

Mavzuga oid
Top