Sönggi yillarda amerikalik milliarder Ilon Mask özining aqlbovar qilmas loyihalari bilan ommani lol qoldirişda davom etmoqda.

Tesla elektromobillari, butun dunyoni internet bilan ta’minlaş uçun qilinayotgan Starlink loyihasi şular jumlasidan.

2023 yil kuzda Ilon Mask yana bir loyihaning taqdimotini ötkazdi. Bu Cybertruck deb nomlanuvçi ğalati körinişdagi maşina edi. Loyihaning ğalatiligi şundaki, bu turga mansub bölgan maşina kuzovi özgaça bölib, uning barça tomoni ötkir burçakdan iborat edi.

Taqdimotdan söng bir neça kunda Tesla kompaniyasi Cybertruck maşinasiga dunyo böylab qariyb 250 mingta buyurtma tuşganini e’lon qildi.

Cybertruck tarixi

Tesla kompaniyasi ilk elektromobili Roadster taqdimotini 2006 yilda ötkazgandi. Uşbu maşinani seriyali işlab çiqariş 2008 yildan boşlangan. Öşa paytda bu maşina narxi 100 ming dollar edi.

2009 yilda kompaniya Tesla Model S maşinasini ommaga taqdim etdi. 2012 yilda Tesla Model X, 2014 yilda Model 3, 2019 yilda Model Y maşinalari sotuvga çiqariladi.

2016 yilda Ilon Mask Tesla kompaniyasi özgaça uslubda va körinişda yöltanlamas pikap yoki furgon işlab çiqarişini e’lon qiladi. 2017 yilda yangi pikapning umumiy ölçamlari Ford F-150 pikapidan kam bölmasligi aytiladi.

2018 yilda Tesla kompaniyasi ikki xil pikap loyihasi ustida işlarni davom ettiradi. Ulardan biri Mercedes-Benz Sprinter körinişida, ikkinçisi yangi, avval uçramagan dizaynda edi.

Cybertruck pikapining taqdimoti, 2019 yil \ Foto: alamy.com

2019 yil mart oyida Tesla kompaniyasi Tesla Model Y elektromobili taqdimotini ötkazadi. Ana şu yerda Ilon Mask işlab çiqarilişi möljallanayotgan pikap kiberpank uslubida bölişi va uning futuristik körinişi hammaga yoqişi haqida gapiradi.

2019 yil 22 noyabr kuni Ilon Mask ğayrioddiy körinişda bölgan yangi Tesla Cybertruck maşinasi ommaga taqdim etadi va u haqda ma’lumot beradi.

Unga köra, pikapning kuzovi zanglamaydigan metalldan işlab çiqarilişi, oynalari ham qalin bölişi aytiladi. Şu yerda Ilon Mask pikapning oynasiga qattiq jism bilan urib körsatadi, oyna sinmaydi.