22:42 / 15.09.2021
7011
Rossiya foydasiga josuslik qilgan Shvetsiya fuqarosi uch yilga qamaldi

Prokuraturaning ta'kidlashicha, u bir necha yil davomida rossiyalik diplomatga Volvo Cars va Scania CV kompaniyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni berib kelgan.

Foto: Shutterstock

Gyoteborg okrug sudi Rossiya foydasiga josuslik qilgan Shvetsiya fuqarosini uch yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi. Bu haqda SVT telekompaniyasi xabar berdi.

Prokuratura 47 yoshli erkakni josuslik qilishda ayblagan. Qayd etilishicha, Sedertele shahrida konsultant bo‘lib ishlagan bu shaxs bir necha yil davomida rossiyalik diplomatga Volvo Cars va Scania CV kompaniyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni berib kelgan.

Shvetsiya radiosining xabar berishicha, u Scania kompaniyasi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni berishda aybdor deb topilgan. Volvo Cars kompaniyasi bilan bog‘liq ayblov esa olib tashlangan.

U 2019 yil fevralda Stokholmdagi restoranda rossiyalik diplomat bilan tushlik qilayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, ayblanuvchi diplomatdan 27,8 ming kron (3,3 ming dollar) olgan. 

Mavzuga oid
Top