11:54 / 16.09.2021
5047
«Amirsoy» kurort zonasida daraxt kesilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

«Amirsoy» kurort zonasida 700 tup daraxt kesilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov xabar bermoqda.

«Bo‘stonliq tumanidagi «Amirsoy» kurort zonasida 700 tup atrofidagi qimmatbaho daraxtlar kesib tashlanganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi», deyiladi xabarda.

Avvalroq, «Amirsoy» kurort zonasida 2021 yil 15 iyun kuni hududni va unga olib boruvni yo‘lni kengaytirish maqsadida 700 tup daraxt nobud qilingani xabar berilgandi.

Top