Kun.uz’ga kelib tuşgan hujjatlardan ma'lum bölişiça, noqonuniy daraxt kesilişi holati böyiça Toşkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan barça kerakli hujjatlar töplanib, huquqiy baho beriş va yetkazilgan zararni undiriş çoralarini körişni sörab 2021 yil 30 iyun kuni viloyat prokuroriga taqdim etilgan.

Ma'lum bölişiça, kesib taşlangan 125 tup daraxt uçun tabiatga 141 mln söm zarar yetkazilgani aniqlangan, şuningdek, hukumat qarori bilan belgilangan tartibda zarar 5 baravarga hisoblanib, jami 705 mln söm undirilişi belgilangan. Ildizi bilan qöporilib, bekitiş maqsad qilingan 575 tup daraxt böyiça yetkazilgan zarar 253 mln ekani aniqlangan va uşbu summa ham beşga köpaytirilib, jami 1 mlrd 265 mln söm undirilişi belgilangan. 700 tup daraxt uçun jami yetkazilgan zarar 394 mln söm bölsa, qonunga muvofiq undirilişi lozim bölgan summa jami zarar 1 mlrd 970 mln söm qilib belgilangan.

Tahririyat holat böyiça Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi matbuot kotibi Ozod Rajabov bilan boğlanganida, u haqiqatan ham şunday holat aniqlanganini, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, viloyat prokuraturasiga jönatilganini tasdiqladi. Materiallar prokuraturada bölgani bois qömita işning keyingi tafsilotlari böyiça ma'lumotga ega emasligini bildirdi.

Toşkent viloyat prokuraturasi axborot xizmati vakili Arslon Toşpölatov Kun.uz’ga holat böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini, tez orada batafsil ma'lumot berilişini bildirdi.

Avvalroq, Denov şahrida 109 tup noyob daraxt kesib taşlanganida huquqbuzar tomonidan yetkazilgan zarar (65 mln söm) köp miqdorni taşkil etmaganligi, 329 mln söm hisoblangan zarar Hukumat qaroriga asosan beşga köpaytirib çiqarilgan summa ekani, jinoyat işi qözğatişda birlamçi summa (65 mln söm) inobatga olinişi bois, jinoyat işini qözğatiş rad qilingani bildirilgandi.

Bundan taşqari,