16:16 / 19.09.2021
10891
Surxondaryoda bank xodimlari dam olish kunlari paxta terimiga chiqarilgani aytilmoqda
Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Angor tumanida bank xodimlari dam olish kunlari paxta terimiga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Angor tumanidagi tijorat banklari xodimlari 18 sentabr shanba (dam olish) kuni bank raisining topshirig‘i bilan «To‘qqiz oy yakuni» deb ishga jalb etilgan. 

Yakshanba kuni esa avvaliga ayol xodimlargacha ishga chiqib, kredit undiruvi bilan shug‘ullanish topshirig‘i berilgan. Keyin bu topshiriq to‘xtatilib, hokim topshirig‘iga binoan barcha xodimlar paxta terimiga chiqishi tayinlangan.

Mehnat vazirligining munosabatida yozilishicha, Angor tumanidagi ushbu holat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

Top