21:14 / 23.09.2021
10534
Turkiya Rossiya bilan S-400 tizimini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani yakuniga yetkazdi

Erdo‘g‘an avgust oyida Rossiyadan S-400 tizimining ikkinchi polki sotib olinishiga ishonch bildirgandi. 

Turkiya Rossiyaning S-400 havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olishi borasidagi AQShning doimiy bosimi bilan kelisha olmaydi. Rossiya bilan shartnoma yakuniga yetgan va qayta ko‘rib chiqilmaydi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.

«AQSh avval S-400 ni bahona qilib bizga F-35 samolyotlarini sotmay qilgan xatosini to‘g‘rilasin. S-400 sababli bizga muntazam bosim o‘tkazilishini qabul qilolmaymiz, bunga rozimasmiz. Rossiya bilan shartnoma yakuniga yetgan, ortga yo‘l yo‘q», — deya Erdo‘g‘anning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Hurriyet nashri.

Erdo‘g‘an avgust oyida Rossiyadan S-400 tizimining ikkinchi polki sotib olinishiga ishonch bildirgandi.  

«Rosoboroneksport» rahbari Aleksandr Mixeyev Turkiyaga S-400 tizimining qo‘shimcha partiyalarini yetkazib berish bo‘yicha ikkinchi shartnoma shu yil imzolanishi mumkinligini ma'lum qildi.

21 iyul kuni agar Turkiya Rossiyadan harbiy texnika sotib olishda davom etsa, AQSh unga qarshi sanksiyalar kiritishi xabar qilingandi. 

Mavzuga oid
Top