11:27 / 29.09.2021
1759

Surxondaryoda 143 dona gugurt qutisiga joylashgan marixuanani 35,7 million so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 143 dona gugurt qutisiga joylashgan marixuanani 35,7 million so‘mga sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 23 sentabr kuni Qumqo‘rg‘on tuman IIB, DXX viloyat boshqarmasi va viloyat bojxona xodimlari tomonidan tumanning Kattako‘l mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbirda tumanning Cho‘qurli mahallasida yashovchi, D.Nizom mijozga 143 dona gugurt qutisiga joylangan 388,31 gramm og‘irlikdagi marixuana giyohvand moddasini 35 million 750 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, joriy yil 24 sentyabr kuni D.Nizomga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top