Bugun, 30 dekabr kuni xalq deputatlari Qumqörğon tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov iştirok etgan sessiyada taşkiliy masala körib çiqildi. Şu kungaça Qumqörğon tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Anvar Normamatov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Viloyat hokimi tomonidan tuman hokimi lavozimiga Milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etilgan Farrux Omonoviç Xoliqov nomzodi taklif etildi. Mazkur nomzod Xalq deputatlari tuman kengaşi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Ma’lumot uçun, Farrux Xoliqov 1985 yilda Qaşqadaryo viloyati Kitob tumanida tuğilgan. U 2009 yilda Toşkent davlat yuridik institutini, 2016 yilda Boş prokuratura oliy öquv kursini huquqşunoslik mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida prokuratura organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Uzun va Şörçi tumanlari prokurori sifatida işlagan. Tayinlovga qadar Denov tumani prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Anvar Normamatov 2003 yildan boşlab Surxondaryo viloyati içki işlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan, xususan, 2021 yildan Termiz şahri böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarma boşliği lavozimida işlagan. 2022 yil iyunida Qumqörğon tumani hokimi etib tayinlangandi.

Qumqörğon tumani hokimi Anvar Normamatov

U tumanga hokimlik davrida bir neça bor OAV nazariga tuşgan, xususan, 2023 yil noyabrida mahalliy tadbirkorlardan biri hokimga 400 million sömdan qimmat turuvçi Equinox rusumli avtomobil sovğa qilgandi.

2025 yil oktyabrida esa Anvar Normamatov mahalliy kengaş sessiyasida gaz muammosi haqida gap ketganda «odamlar tezak qilmay qöygani»ni aytib, buni «xalqqa tuşuntiriş kerakligi»ni bildirgandi.

«Tezak çalmalarni yiğib, bosib, qişda ikkita taşlab qöysa böladi-ku. Hamma gaz-gaz deb qoldi. Gazning tagi bölsa qani, yöq-da şu gaz!» degandi hokim.