17:44 / 02.10.2021
852
Surxondaryoda Damas mashinasidan 24 million so‘mni o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Damas mashinasidan 24 million so‘mni o‘g‘irlagan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 16 sentabr kuni Sho‘rchi tumani Kakan mahallasida yashovchi, B.Botir tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 15 sentabr kuni soat 20:00 larda, yashash uyi oldida turgan Damas mashinasi ichidan 24 million so‘m pulini noma'lum shaxslar o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘irlikni Denov tumanida yashovchilar: Sh.Sherzod, D.Davron va K.Komil sodir etgani aniqlanib ushlangan. Ulardan ashyoviy dalil olingan.

Qayd etilishicha, 21 sentabr kuni Sh.Sherzod, D.Davron va K.Komilga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top