Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda odamlarning pullarini o‘zlashtirgan «mashinafurush»ga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida odamlarning pullarini o‘zlashtirgan «mashinafurush»ga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 8 iyun kuni Muzrabot tumanining Buyuk ipak yo‘li mahallasida yashovchi, X.Sherali tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida joriy yil 12 yanvar kuni tumanning Darband mahallasida yashovchi, B.Safar unga «Neksiya» mashinasini 60 million so‘mga sotib, shundan 30 million so‘m pullarini olib, mashinani rasmiylashtirib bermasdan kelayotganini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, B.Safar 2020 yil 11 fevral kuni Muzrabot tumanining Oriyat mahallasi hududida, o‘ziga tegishli «Neksiya» mashinasini Jarqo‘rg‘on tumani, Obi hayot mahallasida yashovchi Y.Azizga 49,5 million so‘mga sotib, undan 15 million so‘m olgan. So‘ng ushbu mashinani boshqa xaridorga sotib yuborib, Y.Azizga 15 million so‘m pullarini bermay yurgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yil 7 iyul kuni B.Safarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryoda texnikum xodimi kontrakt pullarini o‘zlashtirganlikda ayblanib jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Mavzuga oid
09:15 / 30.04.2026
Buxoro va Surxondaryoda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
10:15 / 17.04.2026
Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg opiy musodara qilindi
21:04 / 09.04.2026