18:59 / 04.10.2021
20698
Turkmaniston prezidenti Toshkentga keldi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbari hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining muzokaralari ertaga, 5 oktabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

Top