14:55 / 05.10.2021
11027

Turkmaniston prezidenti: Men Shavkat Mirziyoyevni 14 yildan beri bilaman

Gurbanguli Berdimuhammedov Shavkat Mirziyoyevning maslahati bilan paxtachilikda yuqori samaradorlikka erishishgani haqida aytib berdi.

Foto: KUN.UZ

Toshkentga tashrifini amalga oshirayotgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov OAV vakillari bilan bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Shavkat Mirziyoyev bilan azaldan do‘stligi haqida gapirdi.

– Do‘stona qabul uchun qadrdon O‘zbekiston xalqiga yana bir marta minnatdorlik bildiraman. Men Shavkat Miromonovichni 2007 yildan buyon bilaman, ya'ni biz 14 yildan beri tanishmiz. U vaqtda hamkasbim boshqa vazifada ishlaganiga qaramay birgalikda ko‘p masalalarni muhokama qilganmiz.

Men Shavkat Mirziyoyevni mas'uliyatli rahbar, o‘z ishining ustasi va umuman inson sifatida hurmat qilaman. U bizga ko‘p amaliy yordam bergan. Bir misol keltirmoqchiman – Shavkat Miromonovich maslahatiga ko‘ra, paxta yetishtirishga yangicha yondashib, qishloq xo‘jaligida sezilarli o‘sishga erishdik, – dedi Gurbanguli Berdimuhamedov. 

Shavkat Mirziyoyev bunga javoban shunday dedi:

– Gurbanguli Malikguliyevich mening do‘stim, birodarim. Murakkab davr, vaqtining tig‘izligiga qaramay O‘zbekistonga tashrif buyurganidan xursandman.

Top