21:49 / 06.10.2021
5244
Texasdagi maktabda otishma: jarohatlanganlar bor

Xabar qilinishicha, uch kishi jarohatlangan.

Foto: CBS News

AQShning Texas shtati Arlington shahrida joylashgan o‘rta maktablardan birida noma'lum shaxs otishma sodir etdi. Bu haqda NBC DFW telekanali politsiyaga tayanib xabar berdi.

«Arlington politsiyasi o‘rta maktabdagi otishma yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Maktab hozirda yopilgan. O‘quvchilar va o‘qituvchilar sinflarga qamalib olgan», — deyiladi politsiya xabarida.

Telekanal o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, ko‘pchilik jarohatlangan.

FoxNews telekanali o‘z navbatida uch kishi yaralanganini xabar qildi.

Maktabga bir nechta politsiya mashinasi yetib kelgan.

Sentyabr oxirlarida Rossiyadagi Perm universiteti (PGNIU) binolaridan birida noma'lum shaxs o‘t ochib, otishma uyushtirgandi.

Mavzuga oid
Top