20 sentabr kuni ertalab Rossiyaning Perm davlat milliy tadqiqot universitetiga qurollangan şaxs hujum qildi. Taxminan soat 11 larda avtomat kötargan harbiy kiyimdagi şaxs kampusda öt oçgan, şundan söng u universitetning sakkizinçi korpusiga kirgan. Hujumçi kamida 30 marta öq uzgan, taxminlarga köra, öqlar Huglu 12 kalibrli silliq stvolli quroldan otilgan. 

RF IIV Permda politsiyaçilar oliy ta'lim muassasasi hududida otişma uyuştirgan şaxsni qölga olişganini ma'lum qildi. 

«Bugun tongda politsiya navbatçilik qismiga Perm davlat milliy tadqiqotlar universiteti hududida öq ovozlari eşitilayotgani haqida xabar kelib tuşdi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, qurbonlar va yaralanganlar bor... Ötkazilgan amaliyot yakunida hujum qilgan şaxs politsiya xodimlari tomonidan qölga olindi», deyiladi xabarda.

Rossiya Tergov qömitasidagilarga asoslangan «Interfaks» agentligi hodisa oqibatida halok bölganlar soni 8 nafarni taşkil etayotganini ma'lum qilgan. Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, 24 nafar jabrlanuvçiga tibbiy yordam körsatilgan, şundan 19 kişi öqotar quroldan jarohatlangan.

«Gumonlanuvçining şaxsi aniqlangan. Qölga oliş çoğida u qarşilik körsatgan va yaralangan», deyiladi tergov xabarida. Xabarda gumonlanuvçining ismi şarifi keltirilmagan.

Tergov qömitasidagilarning aniqlik kiritişiça, hujum qilgan ayni vaqtda şifoxonaga yotqizilgan. U ov qurolidan öt oçgan, ma'lum bölişiça, bu qurol uning özi tomonidan may oyida qonuniy ravişda sotib olingan.

Avvaliga universitet matbuot xizmati hujum qiluvçi otib öldirilgani haqida xabar tarqatgandi, keyinroq bu xabar universitet saytidan yöqolib qoldi. Hodisadan keyin regiondagi barça ta'lim muassasalarida maşğulotlar bekor qilingan.

Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinşteyn bu şaxs qurolni qonunçilik qat'iylaştirilişidan sotib olganini aytib ötgan.

Qonunçilikka qurolga egalik qilişni qiyinlaştiriş maqsadidagi tuzatişlar joriy yilning may oyida, Qozon şahridagi gimnaziyada 19 yoşli sobiq talaba Ilnaz Galyaviyev tomonidan öqotar qurol bilan sodir etilgan ommaviy qotillikdan (öşa hodisa oqibatida ham önga yaqin kişi halok bölgan) keyin kiritilgandi.

«Barça hujjatlarni u qurolga egalik qiliş uçun talab etiladigan talablarni qat'iylaştiruvçi qonun kuçga kirişidan oldin rasmiylaştirgan. Qörqamanki, bu qonun panatseya (har qanday balodan qutqara oluvçi vosita) emas», deya yozgan Xinşteyn telegram-kanalida.