AQŞning Rod-Aylend ştati, Providens şahrida joylaşgan Braun universiteti hududida sodir bölgan otişma oqibatida özbekistonlik talaba Muhammadaziz Umrzoqov halok böldi. Özbekistonning AQŞdagi vakolatxonalari marhumning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildirdi.
Qayd etilişiça, mazkur fojia natijasida begunoh insonlarning hayotdan köz yumgani oğir yöqotiş ekani ta’kidlangan. AQŞ OAV xabariga köra, Braun universitetidagi voqea oqibatida kamida ikki kişi halok bölgan va bir neça nafar yaralangan.
Ma’lumotga köra, Özbekiston Respublikasining AQŞdagi vakolatxonalari vakillari marhumning qarindoşlari bilan doimiy aloqada bölib, AQŞning tegişli idoralari bilan hamkorlikda barça masalalar yuzasidan yaqindan iş olib bormoqda.
AQŞ OAV va rasmiy idoralar ma’lumotiga köra, otişma 13 dekabr kuni tuşdan keyin universitetning Barus & Holley muhandislik binosida, yakuniy imtihonlar jarayonida sodir bölgan. Voqeadan söng kampusda shelter-in-place (binolarda qoliş) tartibi joriy etildi, atrof hududga yuzlab xodimlar jalb etilgan holda keng kölamli qidiruv işlari olib borildi.
14 dekabr tongida politsiya hodisa böyiça “ahamiyatli ma’lumotga ega bölişi mumkin” deb baholanayotgan şaxsni qölga olganini ma’lum qildi. U person of interest sifatida söroq qilinmoqda, hozirça unga rasman ayblov e’lon qilingani haqida xabar berilmagan.
Braun universiteti rahbariyati hodisani “fojiali kun” deb atab, kampusda motam kayfiyati hukm surayotganini bildirgan va talabalar hamda xodimlar uçun psixologik yordam resurslari işga tuşirilganini ma’lum qilgan.
Otişma yuzasidan tergov işlari federal va mahalliy huquq-tartibot idoralari iştirokida davom etmoqda.

















