18:07 / 15.10.2021
4027
Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida yil boshidan buyon 400ga yaqin chaqaloq dunyoga keldi

SSV Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi holatni o‘rgandi. 

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari nisbatan pasaygan bo‘lsa-da, aholi SOVID-19ga qarshi yetarli darajada emlanmagan bir sharoitda xastalik xavfi yuqoriligicha qolayotganini ma'lum qildi va Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi holatni o‘rgandi. 

Muassasa direktori Anvar Husanovning ma'lum qilishicha, 15 oktabr holatiga ko‘ra, bu yerda 1350 nafardan ziyod bemor muolaja olmoqda. Ulardan 39 nafari o‘ta og‘ir, 219 nafari og‘ir, 933 nafari o‘rta og‘ir holatda. Shuningdek, jonlantirish bo‘limlarida 170 nafar bemor shifokor va hamshiralarning doimiy nazorati ostida. 

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov

«Bolalar o‘rtasida ham kasallikka chalinish ko‘rsatkichlari, afsuski, hanuz yuqori. Buni muassasada 18 yoshgacha bo‘lgan 167 nafar o‘g‘il-qiz (jami bemorlarning 12,3 foizi) davolanayotgani ham tasdiqlaydi. Ulardan 3 nafari ayni paytda jonlantirish bo‘limida muolaja olmoqda. 

Binobarin, bemorlar orasida 122 nafar homilador ayol ham mavjud. Kecha bu yerda 2 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Natijada yil boshidan buyon Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida tug‘ilgan go‘daklar soni 377 nafarga yetdi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top