15:15 / 19.10.2021
3816
Xiaomi elektromobillar ishlab chiqarishini e'lon qildi

Ilk elektromobil taqdimoti 2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Xiaomi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2024 yildan elektromobillar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu loyihaga 10 mlrd dollar investitsiya kiritiladi. Xiaomi elektromobillar ishlab chiqarishda ishtirok etish uchun 300 nafar xodim yollagan. 

Kompaniya ishlab chiqaradigan elektromobilning texnik xususiyatlari hozircha ma'lum qilinmagan. Ilk elektromobil taqdimoti 2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aprelda kompaniya rahbari Ley Tszyun Xiaomi muxlislari bilan onlayn suhbatda bo‘lajak elektromobil to‘g‘risidagi ayrim tafsilotlarni ma'lum qilgandi.

Tszyun kompaniya elektromobillari o‘rta va yuqori toifaga mo‘ljallanib ishlab chiqarilishini aytgan. Uning narxi 100 ming yuandan 300 ming yuangacha (15,2 ming dollardan 45,7 ming dollargacha) bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top