12:29 / 23.10.2021
12354

Xorazmda simob va platinani 530 ming AQSh dollariga sotishga uringan shaxs ushlandi

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda quyma platina va simob suyuq metallining noqonuniy oldi-sotdisiga chek qo‘yildi.

Foto: Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi

Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida avvaldan kuzatuvga olingan shaxs og‘irligi 1,02 kg bo‘lgan 1 dona platina quymasini hamda salkam 514 g zaharli simob moddasini sotishga uringan vaqtida ushlandi.

Rejaga ko‘ra, ushbu shaxs platina quymasini 30 ming AQSh dollariga, simobning har bir grammini 1 ming AQSh dollaridan hisoblab, jami 530 ming AQSh dollariga sotishni ko‘zlagan edi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top