Xorazmda talaba qizga şilqimlik qilgan tadbirkor ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud qarorida keltirilişiça, 1993 yilda tuğilgan F.U. hududdagi MÇJlardan biriga rahbarlik qilib kelgan. 2025 yil 13 dekabr kuni viloyatdagi universitetlardan birining talabasi bölgan G.K. unga iş sörab murojaat qilgan. Tadbirkor qizni suhbatga çaqirgan.
Suhbatdan söng F.U. talabaga şu kundan iş boşlayverişini aytgan. Uning gapiga işongan G.K. MÇJda iş boşlagan. Oradan 2-3 kun ötib, tadbirkor qizni keçki ovqatga taklif etgan. Söngra unga çarçaganini aytib, kvartiraga borişni va massaj qilib qöyişni söragan. Talaba qiz tadbirkorning taklifini rad etib, ketib qolgan.
Şundan keyin F.U. keçki payt Telegram orqali qizga şahvoniy xabarlar yuborgan. G.K. holat yuzasidan IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Huquqbuzar tadbirkor sudda aybiga iqrorlik bildirgan va qilmişidan puşaymonligini aytib, yengillik söragan.
G.K. esa öqişdan böş vaqtida qöşimça daromad topiş uçun işlamoqçi bölganini bildirgan.
“Talabalar turar joyida yaşayman. Olx platformasidan iş qidirdim. “Q.” MÇJ qizlarni işga taklif qilganini bilib, körsatilgan telefon raqamiga qönğiroq qildim. Özini F. deb taniştirgan şaxs bilan gaplaşdim. Keyin MÇJ binosiga borib, F. bilan uçraşdim va öşa kuni iş boşladim. Oradan bir hafta ötganidan keyin F. “sen menga yoqib qolding, men bilan kvartiraga bor”, deb aytdi. Men unga halol işlab pul topmoqçi ekanimni bildirib, bunday gaplarni aytmaslikni söradim. Lekin F. Telegram orqali har xil şahvoniy mazmundagi xabarlar hamda uyatsiz stikerlar yuborib, şilqimlik qildi”, degan u sudda.
JIB Urganç tuman sudi qarori bilan F.U. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Avvalroq Toşkentda ijaraçi ayolga şilqimlik qilgan uy egasi 5 sutkaga qamalgandi.







