15:33 / 26.10.2021
15550
Umra ziyoratini amalga oshirmoqchi bo‘lgan musulmonlar 14 kun kutishiga doir talab bekor qilindi
Foto: Omer Arslan

Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va umra vazirligining ma'lum qilishicha, endilikda umra ziyoratiga borishni xohlovchi musulmonlar avvalgidek ro‘yxatga yozilish uchun 14 kun kutishlari shart emas. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytiga asoslangan holda Toshkent shahar vakilligi axborot xizmati xabar qildi.

Vazirlikning rejalashtirish va strategiya bo‘limi boshlig‘i Amir Maddaning aytishicha, koronavirus tufayli joriy etilgan profilaktik tadbirlarning yumshatilishi natijasida umra ziyoratiga keluvchilar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilyapti.

Avvalroq, podshohlik avgust oyidan e'tiboran to‘liq emlangan har qanday sayyoh mamlakatga sayohat maqsadida kirishiga ruxsat berilgandi.

10 avgustdan xorijlik ziyoratchilarga Umrani amalga oshirishga ruxsat berilgan, buning uchun podshohlikda ro‘yxatdan o‘tgan 4 vaksina: Biontech/Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca vaksinalari bilan to‘liq emlangan bo‘lishi talab etilishi bildirilgandi.

Top