Umra safari bilan boğliq muammo tufayli xususiy aviakompaniya mansabdor şaxslariga jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Boş prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinişiça, Transport prokuraturasi tomonidan özbekistonliklarning Umra safaridan qaytariş çoralarini körmagan hamda boşqa jiddiy qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan xususiy avikompaniya mansabdor şaxslariga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat işi doirasida 1 nafar şaxsga nisbatan “qamoqqa oliş” ehtiyot çorasi qöllangan.
Boş prokuratura iş böyiça haqiqatni aniqlaşga tösqinlik qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida boşqa tafsilotlar oşkor qilinmasligini bildirdi.
Oldinroq Umra ziyoratiga borgan bir neça ming özbekistonlik Panorama Airways reyslari keçikkani sababli Arabistonda bir neça kun qolib ketgani xabar qilingandi. Seriyali muammolarga duç kelgan aviakompaniya boşqaruv xodimlarini yangilab, 2-4 fevral kunlari 3 mingdan ortiq yölovçini uyiga qaytargan. Turizm qömitasi turfirmalarni ogohlantirib, ziyoratçilarga murojaat bilan çiqqandi.
Özbekistonning Jidda şahridagi Boş konsulxonasi ham ziyoratçilarning bir qismi Özbekistonga qaytarilganini, qolgan fuqarolarni ham ortga qaytarişda çoralar körilayotganligini bildirgandi.












