Saudiya Arabistoni hukumati 1 avgustdan koronavirusga qarşi töliq emlangan xorijliklarga turistik vizalar böyiça mamlakatga taşrif buyurişga ruxsat beradi. Buning uçun podşohlikda emlaş uçun ma'qullangan 4ta - Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca yoki Pfizer/BioNTech vaksinasidan biri bilan emlanganlik haqidagi sertifikatni taqdim qiliş kerak.
Bundan taşqari, sayyohlar Saudiya Arabistoniga keliş oldidan 72 soatdan oşmagan vaqt içida koronavirusga topşirilgan manfiy PsR-test taqdim qilişlari kerak böladi.
“1 avgustdan emlangan xorijliklarga turistik viza böyiça podşohlikka kelişga ruxsat beriladi. Ular mamlakatga kelgaç majburiy karantindan ötişlari kerak bölmaydi”, deb aytilgan Saudiya Arabistoni turizm vazirligining Twitter’dagi xabarida.
Şu bilan birga, podşohlikda 1 avgustdan emlanmaganlarga iş joylariga va turli tadbirlarga taşrif buyurişga taqiqlov kiritiladi. Ta'kidlanişiça, koronavirusga qarşi emlangan böliş tijoriy, madaniy, köngiloçar, sport, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy va boşqa tadbirlarga taşrif buyuriş uçun zaruriy şart hisoblanadi.
Saudiya Arabistonida koronavirusga qarşi emlaş 2020 yil dekabrida boşlangandi. Ayni vaqtda mamlakat aholisining 50 foizdan köproq aholisi, ya'ni 26 mlndan köproq fuqarosi vaksinaning kamida bitta dozasini olgan.
Saudiya Arabistoni 2019 yil sentyabrdan 2020 yil martigaça turistik vizalar bergan. Bu vaqt davomida uşbu vizani 400 ming kişi olgan. Söngra podşohlik hukumati pandemiya sababli viza berişni töxtatib qöygandi.
Avvalroq 10 avgustdan boşlab xorijliklarga Umra ziyoratini amalga oşirişga ruxsat berilgani ma'lum qilingandi. Buning uçun ziyoratçilar podşohlikda tasdiqlangan Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan biri bilan töliq emlangan bölişi lozim.












