Jahon | 13:51 / 27.07.2021
55528
2 daqiqa o‘qiladi

Umra ziyorati uchun talablar e'lon qilindi

10 avgustdan boshlab xorijlik ziyoratchilarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni hukumati ma'lum qilishicha, ziyoratchilar koronavirusga qarshi barcha zarur choralarni ko‘rgan holda qabul qilinadi. Ziyoratga tashrif buyurishni istagan musulmonlar qirollikda tasdiqlangan Pfizer, Moderna, Johnson & Johnson, AstraZeneca vaksinalaridan biri bilan to‘liq emlangan bo‘lishi lozim.

Vaksina olmagan ziyoratchilar kelgandan so‘ng karantindan o‘tib, keyin koronavirus uchun qayta PsR testini topshirishlari lozim.

Ma'lum qilinishicha, ziyoratchilarning xavfsizligi va talabini ta'minlash uchun kirish va chiqishni tartibga solish, maxsus ehtiyojlari bo‘lgan odamlar uchun o‘tish yo‘llarini ajratish hamda Zamzam suv idishlarini namoz o‘qiladigan joylarga, hovlilarga va tavof joylariga tarqatish tartiblari o‘rnatilgan.

Avvalroq, Saudiya Arabistoni Haj va Umra masalalari vazirligi islomning muqaddas ziyoratgohlariga 18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan, surunkali kasalliklarga chalinmagan va koronavirusga qarshi to‘liq emlangan musulmonlargina tashrif buyurishi mumkin bo‘lishini bildirgandi.

Mavzuga oid