07:42 / 29.10.2021
35081
Shohruxxonning o‘g‘li giyohvand moddalar ishi bo‘yicha garov evaziga ozod qilindi

Bollivud yulduzi Shohruxxonning o‘g‘li ziyofatda giyohvand moddalar iste'mol qilgani uchun hibsga olinganidan 26 kun o‘tib, garov evaziga ozod qilindi.

Foto: Times of India

23 yoshli Arian Xon 2 oktabr kuni Mumbay shahridan Goa shtatiga ketayotgan kruiz laynerida hibsga olingan, deya yozadi BBC.

Giyohvand moddalar ustidan nazorat byurosi (NCB) qonunga muvofiq unga “taqiqlangan moddalarni saqlash, iste'mol qilish va ular bilan savdo qilish” bilan bog‘liq ayblovlarini qo‘ygan.

U o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi. Arian Xonning advokati sudga aktyorning o‘g‘lida hech qanday narkotik moddalar topilmagani va “u giyohvand moddalar iste'mol qilgani bo‘yicha hech qanday isbot yo‘q” ekanini bildirgan.

Arian Xonning advokatlari giyohvand moddalar bo‘yicha ishni ko‘ruvchi maxsus sud oktabr oyida ikki marta garov so‘rovini rad etgach, Mumbay Oliy sudiga murojaat qildi.

Oliy sud ishni ikki kundan ko‘proq vaqt davomida ko‘rib chiqdi. Har ikkala tomon ham o‘z dalillarini keltirdi.

Avvalroq bo‘lib o‘tgan sud majlisida ayblov yoshlar orasida giyohvand moddalarni iste'mol qilish masalasiga jiddiy yondashish kerakligini ta'kidlagan. Shuningdek, u Arian Xonga mazkur ish bo‘yicha 17 nafar ayblanuvchidan farqli munosabatda bo‘lish mumkin emasligini va garov evaziga qo‘yib yubormaslikni ta'kidlagan.

2 oktabr kuni Giyohvand moddalar ustidan nazorat byurosi xodimlari kruiz kemasiga reyd uyushtirdi. Ular bortda giyohvand moddalar borligi haqida xabar olganini aytishgan. Arian Xon kemaga chiqishdan oldin tintuv va so‘roq qilindi.

Ertasi kuni u hibsga olindi. Dastlab u byuro ofisida hibsda saqlangan, keyinroq qamoqxonaga o‘tkazilgan.

Asosiy guvohning ta'kidlashicha, u ish bo‘yicha Giyohvand moddalar ustidan nazorat byurosi ofisida “bo‘sh qog‘ozlarga imzo qo‘yishga” majbur qilingan. Ayblovni ilgari surgan Prabxakar Seyl sud oldida bergan ko‘rsatmasida u Kiran Gosavining tansoqchisi ekanini aytgan.

Parus reyd vaqtida kemada bo‘lgan va hibsga olinganidan so‘ng Arian Xon bilan tushgan selfisi aniqlangan.

Mazkur ish OAVda keng yoritildi. Shohruxxon bu borada rasmiy munosabat bildirmagan bo‘lsa-da, Bollivuddagi ayrim shaxslar Arian Xonni himoya qilishdi. Ekspertlar aktyor o‘g‘lining hibsga olinishiga “OAV tomonidan ortiqcha e'tibor berilishi”ni ham tanqid ostiga olishdi.

So‘nggi yillarda Bollivudning bir necha yulduzlari giyohvand moddalar biznesi bilan shug‘ullangani aniqlangan.

Top