Hindistonlik maşhur aktyor Saif Ali Xon keçasi öz uyida piçoqlandi, söngra jarrohlik amaliyotidan ötdi va hozir uning hayoti xavf ostida emas. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Xon 16 yanvar kuni tunda Hindistonning Mumbay şahridagi uyiga kirgan noma’lum erkak bilan janjallaşgan va piçoqlangan. Politsiya hodisani tergov qiliş uçun işçi guruh tuzgani ta’kidlanmoqda.

«Xon operatsiyadan çiqdi va xavf ostida emas. Hozir u şifokorlar nazorati ostida tiklanmoqda», deyiladi aktyor jamoasi bayonotida.

Xon yotqizilgan Lilavati şifoxonasi doktori Nitin Dange jarrohlik amaliyotidan söng jurnalistlar bilan suhbatda aktyor «umurtqa poğonasiga piçoq urilgani sababli kökrak orqa miya oğir jarohati olganini» aytdi. «Piçoqni olib taşlaş va oqayotgan orqa miya suyuqligini tiklaş böyiça operatsiya ötkazildi. Uning çap qölidagi yana ikkita, böynidagi yana bir çuqur jarohati plastik jarrohlar guruhi tomonidan davolandi», dedi u.

Xon Bollivud yulduzi Karina Kapur Xonga uylangan va ikki farzandi bor. Oila hali heç qanday bayonot bermadi, biroq Xonning jamoasi ular xavfsiz ekanini aytdi.

Hujum tafsilotlari hozirça aniq emas. Politsiyaning aytişiça, aktyorning uyiga «noma’lum erkak» kirgan. Xonning jamoasi hodisa «talonçilikka uriniş» ekanligini aytdi, ammo tafsilotlarni oşkor qilmadi.

Saif Ali Xon 1970 yilda tuğilgan, 1993 yilda Bollivudda debyut qilgan. Uning maşhur filmlari orasida «Oşiq qalblar» va «Ertangi kun keladimi» kabi romantik komediyalar, şuningdek, «Tanhaji» va boşqa jangovar filmlar bor.

Xonning rafiqasi Karina Kapur Bollivudda qariyb bir asr davomida işlab kelayotgan maşhur aktyorlar, rejissyorlar va prodyuserlar oilasidan çiqqan.