Texasning Hyuston şahridagi politsiya aşyoviy dalillari saqlanadigan omborxonada kalamuşlar köpayib, giyohvand moddalarning bir qismini yeb qöydi. Bu haqda Chron naşri xabar bermoqda.
Omborxonada taxminan 1,2 million aşyoviy dalil saqlanmoqda, şundan 180 ming tonnasi marixuana. Politsiya xodimlarining aytişiça, omborda 1980-1990 yillarda jinoyatçilardan musodara qilingan kokain va boşqa moddalar bor. Jinoyatçilar allaqaçon jazoni ötab çiqişgan, ammo giyohvand moddalar hali ham maxsus xonada turibdi. Xona yaxşi nazorat qilinmaydi. Hyustonda 2005 yilgaça töplangan dalillarni yöq qiliş taqiqlangan.
Politsiyaçilar marixuana saqlanadigan bölimda kemiruvçilar köpayib ketganini sezmay qolgan. Kalamuşlar uzoq vaqt davomida narkotik vositalar bilan oziqlanib kelgan. Xodimlar zararkunandalardan qutuliş uçun malakali dezinfeksiya mutaxassislarini yolladi, biroq bu işni amalga oşiriş oson bölmasligini ta’kidlaşmoqda.
“Kemiruvçilar, qönğizlar, zamburuğlar — barça turdagi jonzotlar giyohvand moddalarga moyil. Köp miqdordagi moddalarni saqlaş oson iş emas”, — deb ta’kidladi Hyuston sud ekspertizasi markazi prezidenti va ijroçi direktori Piter Staut.











