20:03 / 01.11.2021
7791

Boks. Saidjamshid Ja'farov – chorakfinalda 

Serbiyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Saidjamshid Ja'farov turnirdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.

Foto: O‘BF

-75 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi nimchorakfinal bosqichida Ozarboyjon vakili Kozimzoda Mirsharifga qarshi ringga ko‘tarildi. Uch raundda ham hakamlar Ja'farovning ustunligini qayd etishdi va O‘zbekiston vakili ketma-ket 3-jangini ham o‘z foydasiga hal qilib, chorakfinalga yo‘llanma oldi.

Ja'farov bungacha 1/32 final doirasida slovakiyalik Lukas Fernetsa, 1/16 finalda esa yaponiyalik Yuito Marivakini mag‘lub etgandi. 

Ma'lumot uchun, bugun, 1 noyabr kuni yana 2 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi:

  • -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Chu-Yen Lai (Xitoy Taypeyi) (23:10 dan so‘ng)
  • -80 kg: Odiljon Aslonov - Robbi Gonsales (AQSh) (00:30dan so‘ng).
Mavzuga oid
Top