20:00 / 06.11.2021
14048
“Biz butun boshli zavod sotamiz” - uskunalar yetkazib berish biznesi

Business Class yurtimizdagi muvaffaqiyatli bizneslar bilan tanishtirishda davom etadi. Bugun ishlab chiqarish uskunalari savdosi bo‘yicha O‘zbekistonda liderlik qilayotgan AFEX Group haqida hikoya qilamiz.

AFEX – tadbirkorlarga barcha turdagi ishlab chiqarish uskunalari, maxsus texnikalar va xomashyolar yetkazib beruvchi kompaniya. O‘zbekiston bo‘ylab bugunga qadar 2000ga yaqin uskunalarni mijozlarga muvaffaqiyatli yetkazib bergan.

Bosh ofisi va ko‘rgazmalar zali Toshkent shahrida joylashgan kompaniyaning Navoiy, Guliston va Samarqand shaharlarida dilerlik savdo markazlari faoliyat yuritadi.

Kompaniya bilan yaqindan tanishish maqsadida shourumga, buyurtmalar dastavval kelib tushadigan bojxona omboriga va bosh ofisga tashrif buyurdik.

“Biznesga kirib kelish, muvaffaqiyat qozonish oson bo‘lmagan. Kichik oldi-sotdi ishlari, bozorlarda aravakashlik orqali tadbirkorlik sari qadam qo‘yganmiz. Ishimiz birdan rivojlanib ketdi deya olmayman. Chuv tushgan vaqtlarimiz ham bo‘lib turdi. Germaniyaga 15 ming dollarlik sarmoya chiqarib, buyurtma bergan yukimizni ololmaganmiz”, – deydi AFEX Group savdo menejyeri Ulug‘bek G‘aniyev.

Ulug‘bek G‘aniyev

“2019 yilda tuyaqush savdosi trendga chiqib ketib, ko‘plab biznesmenlar Afrikadan tuyaqush olib kelib berishni so‘rashgan, – deya davom etadi u. – Olib kelganmiz, yarmi aeroportda o‘lib qolgan. Inson ko‘p yiqilgan yerida ravon yuradi deganlaridek, biz ham xatolar evaziga yo‘nalishni to‘g‘rilab boraverdik. Ota-onamiz duosi, Allohning bergan omadi sababidan bugun yaxshi natijalarga erishyapmiz”.

Ishlab chiqarish uskunalari Xitoy, Rossiya, Turkiya, Belarus, Avstriya va boshqa davlatlardan olib kelinadi.

Kompaniyaning asosiy maqsadlaridan biri– ishlab chiqarish uskunalarini sotishda Markaziy Osiyo bozorida ham yetakchilikni qo‘lga kiritish. Bu maqsad yo‘lida kompaniya Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston hududiga ham uskuna yetkazib berishni boshlagan.

“Aksariyat uskunalar Xitoydan buyurtma qilinadi. Sababi narx borasida o‘zbekistonlik mijozlar uchun “Made in China” mahsulotlari ko‘proq ma'qul kelyapti. Shu sababdan Xitoyda ham ofis ochishga to‘g‘ri keldi. Avval o‘zimiz tekshirib, mahsulotning haqiqatda sifatli ekaniga ishonch hosil qilgandan so‘nggina xarid qilamiz”, deb izohlaydi import ishlari menejyeri Sanjar Avalabayev.

Sanjar Avalabayev

AFEXning bozorda mustahkam o‘rin egallab borishining sabablaridan biri, kompaniya nafaqat mijozga uskuna-texnika sotadi, balki biznes rejani tuzishda ham ko‘maklashadi. Ya'ni biron turdagi tovar ishlab chiqaruvchi uskunani xarid qilish orqali kishi qancha daromad ko‘rishi mumkin, qancha sarmoya tikiladi, necha nafar ishchi-xodim yollash kerak bo‘ladi, xomashyo qayerdan olinadi, bu kabi savollarning barchasiga javob beriladi. Kichik yo‘riqnoma orqali boshlamoqchi bo‘lingan biznes haqida yetarlicha tasavvur hosil qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bosh direktor Akmaljon Ibragimov bilan suhbat davomida kompaniyaning yillik savdo aylanmasi bilan qiziqdik. Taxminan 7-8 million dollar ekani oydinlashdi.

Akmaljon Ibragimov

Kompaniyada xodimlar uchun ajoyib ruhlantiruvchi tizim ham yo‘lga qo‘yilgan ekan. Ya'ni mijozlar bilan ishlovchi sotuv bo‘limidagi ishchilar ko‘rsatgan ijobiy natijasi, rivojlanishdagi hissasi evaziga mashina yoki xonadon yutib olishi mumkin.

Brendning rasmiy sayti www.afex.uz manzilida barcha uskunalarning vazifasi, narxi va avvalroq xarid qilgan mijozlarning mahsulotga qo‘ygan baholari hamda izohlari kiritilgan.

 

Batafsil ma'lumotlarni videoda ko‘ring. Quyida esa tadbirkorlar va obunachilar uchun kichik e'lonimiz bor:

AFEX Group Kun.uz'ning “Biznes klass” rukni obunachilariga maxsus chegirma va yutuqlar taklif etadi. 2022 yilning 1 martiga qadar 10 ming dollar qiymatidagi savdolar uchun 5 foizlik, undan yuqori miqdordagi uskunalar xaridiga esa 2 foizlik chegirma taqdim etilmoqda.

Chegirmadan foydalanish uchun “biznesklass-1” promokodini eslab qoling.

Bundan tashqari, YouTube'da video ostiga yozilgan eng qiziqarli izoh egasini sovg‘a – gaz plitasi kutmoqda! Yana 5ta original izoh mualliflari esa dazmol bilan taqdirlanadi.

G‘oliblar 2 haftadan so‘ng “Biznes klass” Telegram-kanalida e'lon qilinadi.

Eldor Vohidov tayyorladi.

Top