Muslim Hakimov ğovakli va qarsildoq nonlarini qanday tayyorlaşini köriş uçun tong saharda yölga çiqdik. Novvoyga hamrohlik qilib, peçkalarni sozlagan holda işni boşlab yubordik. Maqsadimiz yonğoqli non tayyorlab köriş edi.

Ma’lum bölişiça, jarayon xamirturuş bilan boşlanadi, aynan xamirturuş – novvoyning boş mahsuloti, usiz non tayyorlab bölmaydi. Qiziği, bu xamirturuş 4 yildan beri işlatilib, “boqib kelinayotgan” ekan.

Keyingi bosqiçda tayyor mahsulotlarni xamir qoriş uskunasiga solib, aralaştira boşladik. Xamir haroratini ölçagan holda saryoğ va yonğoqlarni astalik bilan qöşib bordik. Xamir tayyor bölgaç, non yanada mazali çiqişi uçun buğdoy unidan ham foydalandik. Peçda pişgan tayyor nonlarni tatib körib, mazasiga baho berdik.

Qahramonimiz Muslim Hakimov novvoylikka qanday kelib qolgani, Moskvada orttirgan tajribasi bilan örtoqlaşdi.

Muslim Hakimov

“Çizişni juda yoqtirganim uçun maktabda arxitektor bölaman, deb yurardim. Ammo hozir körib turganingizdek arxitektor emas, novvoyga aylandim. Avval Çorsu bozorida kiyim sotardim, undan keyin 3-4 yil davomida savdo agenti sifatida “Pepsi” kompaniyasida işlab keldim. Köp mehnat qilganimga qaramay, natija közga körinmadi.

Şunda qölimdagi oşpazlik diplomi bilan 2017 yildan döstim bilan restoranda iş boşladim. Lekin bu işim ham uzoq çözilmadi. 2018 yili Moskvaga borib, konditor bölib işlay boşladim. Öşa paytlari men fransiyalik maşhur novvoyning kitobini öqib, undagi biznesga boğliq barça sir-asrorlarni örganib borardim.

Katta özgarişlar qiliş uçun Toşkentga qaytdim va öz xizmatlarimni “Cake Lab”, “BeFit” kabi kafe-restoranlarga tarmoqlariga taklif qila boşladim. Ulardan ijobiy javoblar kelgaç, faoliyatimni boşlab yubordim.

Albatta, boşida hammasi oson keçmagan. Sohani yaxşilab örganib olişimça 2 yil vaqt ketdi, örganganlarimni amaliyotga tatbiq qilişga, xatolarimni töğrilaşga intildim”, deydi suhbatdoşimiz.