“O‘zbekistonning silikon vodiysini quryapmiz” - ayti ta’lim giganti
32 yoshli Odilbek talabalik yillarida Milliy xavfsizlik xizmati xodimi bo‘lishni orzu qilardi, lekin uni ishga qabul qilishmaydi. Bir muddat davlat tashkilotlarida ishlab yurgan qahramonimiz bugun katta dasturlash akademiyasining asoschisi. Hozirda salkam 5 mln dollarga xususiy universitet ham ochyapti. Business Class'ning yangi soni kengayib borayotgan biznes – “PDP vodiysi” haqida.

PDP Academy 5 yildan beri O‘zbekistonda malakali ayti mutaxassislarni tayyorlab, ishga joylashishlariga yordam berib keladi. Akademiya bitiruvchilari EPAM, Exadel, Apelsin, Payme kabi nufuzli kompaniyalarda faoliyat yuritadi.
PDP'ni hozirgacha 2 mingga yaqin talaba bitirgan va har 10 bitiruvchidan 9 nafari ish bilan ta’minlangan.
Ko‘rsatuv davomida brend asoschisi Odilbek Mirzayev PDP akademiyasining afzalliklari, talablar, kelajakdagi rejalar va bu loyiha O‘zbekistonda ayti sohasida mutaxassislarni shakllantirishning yangi bosqichi bo‘lishi haqida so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, PDP Academy ayti mutaxassislari uchun faqatgina kerakli fanlarni o‘z ichiga olgan xalqaro dastur bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
PDP uchun ayti yo‘nalishi faqat boshlang‘ich bilimni beruvchi joy emas, to‘laqonli ayti universitet hisoblanadi: u oliygoh maqomini tasdiqlovchi tegishli litsenziyaga ega.
Oliygohda darslarni katta tajribaga ega mahalliy va xalqaro ustozlar olib boradi. Ustozlar nafaqat ilmli nazariyotchi, balki o‘zlari ayti kompaniyalarda faoliyat yurituvchi amaliyotchi mutaxassislar hamdir.
PDP Academy'da xalqaro ta’lim texnologiyasi va qo‘llanmalari orqali bilim olish mumkin. AQSh va Buyuk Britaniya kabi 50dan ortiq davlat va 100ta universitetda tan olingan Pearson BTEC o‘quv dasturi talabalarga yuqori sifatli akademik ta’lim bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalar berishga mo‘ljallangan.
Talabalar mahalliy va xorijiy hamkor kompaniyalarda hamda xususiy startap loyihalarda amaliyot o‘tash hamda kurs yakunida kamida 500 dollarlik maosh bilan ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Saralangan talabalarga esa AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va boshqa rivojlangan mamlakatlarning 200dan ortiq universitetlari bilan almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qish imkoniyati beriladi.
Ekotizim ayti mutaxassisning sohaga birinchi qadamidan boshlab to yetuk mutaxassis bo‘lishigacha kerak bo‘ladigan barcha imkoniyatlar bilan ta’minlaydi. Unga autsors kompaniya, frilanserlar uyushmasi, ishga joylashish bo‘yicha ko‘mak markazi, startap akselerator va boshqalar kiradi. Ilg‘or akademik ta’lim va PDP ekotizimidagi real loyihalariga jalb etish natijasida PDP University bitiruvchilari Middle, Middle+ darajasidagi mutaxassisga aylanishlari ko‘zda tutilgan.
Ijodiy jamoa:
Eldor Abdulvohid
Nuriddin Nursaidov
Abzal Tillaxo‘jayev
Ibrohim Samatov
Afzalbek Muhammadjonov
PDP Academy bilan aloqa:
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

11:53 / 06.10.2024
O‘quv markazi, kitob do‘koni va SMM: Ikki yilda uchta biznes ochgan yosh tadbirkor hikoyasi

08:59 / 19.07.2024
Yetakchi kompaniyalar PDP University’da ehtiyojmand oila farzandlari o‘qishi uchun 12 mlrd 900 mln so‘m grant ajratdi

15:00 / 10.08.2022
PDP University'ga kirish imtihonlari endi viloyat markazlarida ham bo‘lib o‘tadi!

17:08 / 05.08.2022