08:47 / 06.11.2021
700
Navoiyda masjidlar soni bittaga ko‘paydi

Navbahor tumanining Navbahor mahallasida yangi masjid foydalanishga topshirildi. Bu haqda Kun.uz'ga tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Navbahor tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Navbahor tumani hokimligi axborot xizmati

“Jo‘ra xatib bobo” jome masjidining ochilish marosimida tuman hokimi Lochin Oblaqulov, hudud faollari va keng jamoatchilik ishtirok etgan. Yangidan qurilgan mazkur masjidda bir vaqtning o‘zida 500 nafar fuqaro ibodatini ado etishi mumkin. Masjid to‘liq homiylik asosida qurilib, namozxonlar ixtiyoriga topshirilgan.

Foto: Navbahor tumani hokimligi axborot xizmati
Foto: Navbahor tumani hokimligi axborot xizmati

2021 yilning 5 noyabr kuni mahalla aholisi yangi masjidda birinchi juma namozini ado etishdi. 

Foto: Navbahor tumani hokimligi axborot xizmati

Oldinroq Nurota tumanida yonib ketgan masjid o‘rniga yangisi qurilib, foydalanishga topshirilgandi.

Mavzuga oid
Top