11:40 / 12.11.2021
563
Fuqaro foydasiga 1,3 mlrd miqdorida qarz undirib berildi - MIB

Majburiy ijro byurosi Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan qarzdor fuqarodan 1 mlrd 300 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirib berildi.

Foto: Kun.uz

MIB Yashnobod tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2020 yil 5 avgustdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.Azimovdan undiruvchi B.Aripov foydasiga 1 mlrd 300 mln so‘m undirish haqidagi ijro ishi kelib tushgan. «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatdan so‘ng majburiy ijro choralari qo‘llanib, qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan transport vositasi va ko‘chmas mulkiga band solinib, tegishli tartibda xatlandi. Shuningdek, uning yashash manziliga chiqilib qarzdorning yashash sharoiti hamda mulkiy ahvoli o‘rganilib, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan, xatlangan mol-mulklarni realizatsiya qilish ishlari olib borilayotgan davrda qarzdor tomonidan undiruvchi fuqaro foydasiga 1 mlrd 300 mln so‘m qarzdorlik to‘liq undirildi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, ijro ishi yurituvi tamomlanib, qarzdorga nisbatan solingan barcha cheklovlar darhol olib tashlandi.

Mavzuga oid
Top