Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida yaşovçi sobiq harbiy turmuş örtoğiga zöravonlik qilgani uçun jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, 1984 yilda tuğilgan O.Ş. harbiy sohada faoliyat olib borib, nafaqaga çiqqan. U 2008 yilda S.G. bilan turmuş qurgan.
Erkak 2025 yil 26 iyul kuni keçqurun turmuş örtoği S.G.ni Samarqanddagi qarindoşlarining töyiga yubormaslik maqsadida özi yaşaydigan köp qavatli uy yertölasiga qamab qöygan. U ayolni bir sutka davomida zax yertölada suv va yeguliksiz, jismoniy azob bergan holda uşlab turgan. Şuningdek, erkak 2025 yil 31 avgust kuni S.G.ni döpposlab, unga tan jarohati yetkazgan.
Sobiq harbiy sudda aybiga iqrorlik bildirgan hamda turmuş örtoği uning aytganini qilmasdan töyga ketişga uringani uçun şunday yöl tutganini ma’lum qilgan.
“5-6 yildan buyon har xil sabablar tufayli tez-tez janjallaşib qolamiz. 2025 yil iyul oyi örtalarida akasi töy qilayotganini, borişimiz kerakligini aytdi. Unga pul yöqligini, töyga boriş uçun töyona va boşqa xarajatlar qiliş kerakligini aytib, bormaslikni ma’lum qildim. Biroq 2025 yil 26 iyul kuni mendan söroqsiz uydan çiqib ketdi. Uni Samarqand viloyatiga qatnovçi avtomaşinalar töxtaş joyidan uşlab olib keldim. Yana qoçib ketişining oldini oliş maqsadida köp qavatli uy yertölasiga bir sutkaga qamab qöydim. Haqiqatan ham unga bu vaqt davomida suv va yegulik bermadim. Ertasiga yertöladan özim olib çiqib, xonadonga kiritdim”, degan erkak suddagi körsatmasida.
S.G. ham sudda 4 nafar farzandi borligini, turmuş örtoği oiladagi yetişmovçilikda uni ayblab, kaltaklaydigan odat çiqarganini bildirgan.
“2025 yil iyul oyi oxirida akam qizini turmuşga berişi munosabati bilan töy belgiladi. Turmuş örtoğim töyga bormasligini, puli yöqligini ma’lum qildi. Pul va töyona kerak emasligini, akamning uyida töy bölayotganini va bormasam bölmasligini aytdim. Şunda u meni döpposlab, yertölaga qamab qöydi. Yertöla qoronği bölgani sababli, turli haşarotlar, sudralib yuruvçilar bölişi mumkinligini öylab, qattiq qörqdim. Ertasi kuni yertölani oçib, meni uyga olib çiqdi hamda majburlab, ajraşişga ariza yozdirib oldi. Ammo arizani nima qilganini bilmayman”, degan ayol.
JIB Yaşnobod tuman sudining 2025 yil 19 dekabrdagi hukmi bilan O.Ş. Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (zörlik işlatib ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş jismoniy azob berib, hayot yoki soğliq uçun xavfli şaroitda saqlagan holda sodir etilişi) hamda 126-1-moddasi (oilaviy (maişiy) zöravonlik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarida ötaş belgilangan.












