22:43 / 24.11.2021
14458
Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy jamoasining eng kuchli tarkib va murabbiylar shtabiga ega davrini aytdi
Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Odil Ahmedov «Sport» telekanalidagi chiqishida bosh jamoamizda o‘zi to‘p surgan davridagi eng kuchli tarkibni aytdi.

«2011 yildagi tarkibimiz juda kuchli bo‘lgan, deb hisoblayman. Milliy jamoada o‘zim to‘p surgan davrlardagi eng kuchli va to‘g‘ri tanlagan tarkib deya aynan 2011 yil Osiyo kubogiga borgan jamoani aytgan bo‘lardim. O‘shanda milliy jamoa uchun nomzod futbolchilar ham juda ko‘p bo‘lgan. Shu bois, milliy jamoamizning eng kuchli davri sifatida 2011 yilgi tarkib va murabbiylar shtabini ko‘rsataman», - deydi Odil Ahmedov. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Vadim Abramov murabbiyligida 2011 yilgi Osiyo kubogida qit'aning eng kuchli to‘rt klubidan biriga aylangandi. 

O‘zbekiston milliy jamoasi yozda JCh-2022 3-saralash bosqichiga chiqa olmagach, Vadim Abramov iste'foga chiqarilgan, 34 yoshli jamoa sardori Odil Ahmedov esa milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid
Top