07:51 / 25.11.2021
9196

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasida rahbar o‘zgardi

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, Obodonlashtirish bosh boshqarmasi rahbari Sanjar Umatov o‘z xohishiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Anvar Umarov tayinlangan. 

Anvar Umarov 1963 yilda tug‘ilgan, Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. 

U faoliyatini ushbu oliy o‘quv yurtida kichik ilmiy xodim sifatida boshlab, keyinchalik xalq xo‘jaligi va davlat hokimiyati idoralarida mas'ul vazifalarda ishlagan. 

Anvar Umarov shu vaqtga qadar Toshkent shahar hokimining yordamchisi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Top