08:21 / 30.11.2021
6964

O‘zbekistonda jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi

Foto: Kun.uz

Prezident “O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Jamoat xavfsizligini ta'minlashdagi ilg‘or xorijiy va milliy tajribalar asosida ishlab chiqilgan hamda aholini har qanday tahdidlardan kafolatli himoya qilishga qaratilgan:

  • O‘zbekiston jamoat xavfsizligi konsepsiyasi;
  • 2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi;
  • 2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Konsepsiya, Strategiya va “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan mas'uliyat jamoat xavfsizligini ta'minlovchi davlat organlarining shaxsan birinchi rahbarlariga yuklatildi.

Konsepsiya va Strategiyani bosqichma-bosqich amalga oshirishning quyidagi tartibi o‘rnatildi:

  • Vazirlar Mahkamasi (A.Aripov) – 2023-2025 yillarda har yili jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy qilish bo‘yicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlar dasturini tasdiqlaydi hamda ijrosini qat'iy nazoratga oladi;
  • O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi (V.Mahmudov) – har yarim yilda davlat organlari rahbarlarining “Yo‘l xaritasi” va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan manzilli chora-tadbirlar dasturlari ijrosi, shu jumladan, mazkur dasturlarning hududlar kesimida amalga oshirilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish va tanqidiy muhokama qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
Top