Hukumat qarori bilan “Özbekistonda bayramlarning ğoyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuçaytiriş va ommalaştiriş” konsepsiyasi tasdiqlandi.

Qayd qilinişiça, Özbekistonda 50 dan ortiq umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar turli darajalarda nişonlanmoqda.

Konsepsiyaga köra, har bir umumxalq bayramining öziga xosligini inobatga olgan holda ta’sirçan va jozibador musiqiy atributlari, öziga xos taronalari, turli bezaklari işlab çiqiladi.

Har bir umumxalq bayramining ğoyaviy-ma’naviy mazmuni, tarixiy şakllanişi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oçib beruvçi qöllanmalar tayyorlanadi va keng tarqatiladi.

Umumxalq bayramlari doirasida “Eng iqtidorli yoş” aksiya-şou dasturini ötkaziş orqali muvaffaqiyatga erişgan yoşlarni xalqqa tanitiş va şu orqali boşqa yoşlarni öz maqsadlari yölida ruhlantirişga oid interaktiv tadbirlar taşkil qilinadi.

Bayram kunlariga oid ommabop adabiyotlar, şu jumladan, “Özbekiston bayramlari” kitobi tayyorlanadi va çop etiladi.