23:33 / 01.12.2021
47025

Qarshida texnikum talabasi yotoqxonaning 4-qavatidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qildi

Qarshida Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabasi bo‘lgan qiz yotoqxonaning 4-qavatidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 30 noyabr kuni soat 19:30 larda Qarshi shahri Shodlik mahallasida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining 2-sonli yotoqxonasida yashagan M.N. yotoqxona 4-qavatidan sakrab o‘z joniga qasd qilgan.

Marhuma M.N.ning o‘lim sabablari va ishga aloqador bo‘lgan boshqa holatlarga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan hamda ishga aloqador bo‘lgan shaxslardan tushuntirish xatlari olingan. 

Hozirda shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.

Qayd etilishicha, 2001 yilda tug‘ilgan qiz texnikumning feldsher-akusher yo‘nalishi 2-bosqich talabasi bo‘lgan.

Top