Özbekistonda öz joniga qasd qiliş holatlari sönggi ön yilliklarda sezilarli darajada ortgani aytiladi. Masalan, 2022 yilga kelib maktab öquvçilari orasida suitsid 2-3 baravarga köpaygan. Bugun har 100 ming aholidan 8 nafari, ya’ni yiliga 3 mingdan ortiq kişi öz umriga özi zomin bölmoqda. Xalqaro taşkilotlar Markaziy Osiyo aholisining ruhiy salomatligi ham yildan yilga yomonlaşib borayotgani haqida hisobotlar e’lon qilgan.

Xöş, bu depressiyaning oğir körinişimi, jamiyat bosimi oqibatimi yoki genetik moyillik? Kun.uz studiyasida aynan şu mavzu muhokama qilindi.

Öz joniga qasd qiliş tasodifiy yoki birdaniga amalga oşiriladigan qaror emas. U uzoq davom etgan içki iztirob, ruhiy oğriq va turli taşqi bosimlar natijasidir. Suitsidning sabablari köp qatlamli bölib, ular şaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy omillar bilan çambarças boğliq.

Avvalo, psixologik omillar eng asosiy sabab sifatida körsatiladi. Depressiya, psixika buzilişi, özini qadrsiz his qiliş, travmatik holatlar yoki bolalikdagi ruhiy jarohatlar insonni çuqur içki böşliqqa olib kiradi. Ayrimlar uçun bu holat vaqtinçalik tuşkunlik bölsa, boşqalar uçun undan çiqiş yöli yöqdek tuyuladi. Mazkur jarayonda “Meni heç kim tuşunmaydi”, “men kerak emasman”, “hayotimning ma’nosi yöq” kabi fikrlar inson ruhiyatini yemirib boradi.

Psixiatr Zebiniso Ahmedovaning aytişiça, xalqaro tadqiqotlarda bir oilada bir neça avlod davomida suitsid yoki oğir depressiya holatlari kuzatilgani qayd etilgan. Bu holat olimlarni suitsidga nisbatan “genetik moyillik” mavjudligi haqidagi gipotezani örganişga undagan. Masalan, Yaponiyada suitsidga moyillikda genetika ta’siri taxminan 35–48 foizga tengligi aniqlangan.

“Ilmda bunga sabab sifatida serotonin transporteri geni (5-HTTLPR) deb ataladigan genning ayrim variantlari tilga olinadi. Aynan şu gen miya faoliyatida muvozanatni saqlovçi serotonin moddasi darajasini boşqaradi. Agar bu gen faoliyati izdan çiqsa, insonda ruhiy beqarorlik, depressiyaga moyillik va öz joniga qasd qiliş fikrlariga yaqinlaşuv ehtimoli oşadi